Sevgi - Vikipediya Sevgi Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigation Jump to search Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Muhabbat (maʼnolari). Romeo va Juliet, arxetipik oshiqlar. Frank Dicksee chizgan. Sevgi yoki muhabbat — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. M. tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi. Ijtimoiy fikrlar tarixida M.ga turlicha maʼno berilgan. Yunonistonda M.ni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada M. xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl M. olamni — insonlar va tabiat hodisalarini uyushtirib, birlashtirib turuvchi omil deb qaragan, Platon M.ni 2 turga — missiy M. va aqliy M.ga ajratadi. Uning fikricha, hissiy M. tashqi goʻzallikni his qilishdan hosil boʻladi va M.ning quyi bosqichini tashkil etadi. Aqliy M. esa goʻzallikni keng maʼ-noda — axloqiy-estetik, ilmiy tushunishdan paydo boʻladi. U akliy (maʼnaviy) M.ni ustun qoʻyadi. Oʻrta Osiyo mutafakkirlari ham M. masalasiga katta eʼtibor berganlar. Ular insonlar orasidagi, jumladan, erkak va ayol orasidagi M.ni yuksak munosabat deb tushunishgan. Ibn Sino M. haqida maxsus ilmiy asar yozgani maʼlum. Yusuf Xos Hojib nazarida, M. mustahkam oilaviy turmush, ijtimoiy takomilning zaminidir. Lutfiy fikricha, M. insonni qadrlash, sadoqat va vafodorlik bilan chambarchas bogʻliq.. Alisher Navoiy M.ni 3 turga: erkak bilan ayol nikohida amalga oshadigan jinsiy M.ga, umuman insonlar oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladigan M.ga, Allohga boʻlgan M.ga ajratadi. Yevropada M. muhim ijtimoiy hissiyot sifatida tabiatni oʻrganishga, shaxsning garmonik takomiliga xizmat qiluvchi kuch sifatida talqin qilindi. 3. Freyd M.ni fiziologik instinkt deb billi va ota-onalik, farzandlik mehri ham shu instinktning ayrim koʻrinishi deb hisobladi. Sevgi, mehr, sadoqat darajasidagi M. odamlar va hayvonlarning genetik dasturida mavjud boʻlgan biologik hodisa sifatida oʻzidan avlod qoldirish, uni hayotga tayyorlashga qaratilgan kuchli his-tuygʻuning namoyon boʻlishidir. Bu, hayvonda ham, odamda ham oʻz zoʻrriyotini saqlab qolishga qaratilgan ehtirosli ehtiyojlarni jinsiy munosabatlar shaklida yuzaga chiqaradi. M. faqat 2 jinsning birlashishiga boʻlgan kuchli ehtirosdan iborat boʻlibgina qolmay, ayni chogʻda u odamning ota-onasi, qarindosh-urugʻlari, yaqin kishilari, doʻstlari, qoʻni-qoʻshnilari, oʻquv va mehnat jamoalari, oʻz xalqi va Vatani hamda umuman bashariyat bilan ruhan yaqinlashishning kuchli vositasi hamdir. M. tufayli individ goʻzal feʼl-avtorni, xulqni oʻzida gavdalantirib, muayyan jamoa va jamiyat oldida yuksak qadr topadi, boshqalarda oʻziga nisbatan samimiy mehr-oqibatni uygʻota oladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasida M. olam va odam munosabatlarini anglash jarayenining boshlanishi va shart-sharoiti ham hisoblanadi. Odam olamni, oʻzini kur-shagan tabiiy va ijtimoiy muhitni ularga boʻlgan M.i darajasida anglaydi. M. odamlar va narsalar mohiyatini bilib olish uchun aqlga yoʻl ochadi, qorongʻu dunyoni yorugʻ etadi, ezgulikni yovuzlikdan, rostni yolgʻondan farqlash mezoni sifatida ham namoyon boʻladi. M. odamlarni, turli jamoalarni, xalqlarni, millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. M. bor joyda murakkab muammolar ham osonlikcha hal boʻladi, hatto urushlarga, janjallarga oʻrin qolmaydi. Shuning uchun ham bir guruh faylasuflar insoniyat tarixida M. dinini yaratish orqali xalqlarni, odamlarni birlashtirish, hamkorhamna-fas qilish mumkin, degan gʻoyani ham ishlab chiqqanlar. Fantexnika inqilobi shitob bilan davom etayotgan, insonga iroda va individual erk berish orqali ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish va binobarin, eng qulay turmush sharoitini vujudga keltirish mumkinligi ayon boʻlgan hozirgi davrda anʼanaviy turmush tarzi izdan chiqib, yangi zamonga monand keladigan hayot tarzi hali shakllanib ulgurganicha yoʻq. Bunday sharo-itda odamlardagi M. his-tuygʻulari siyqalashib, dagʻallashib borayotgani, yakka nikohlikka asoslangan oilalarning qadrsizlanishi (ayniqsa, Gʻarbda) natijasida chinakam M.ga putur yetayotgani ham kuzatilmoqda. Manbalar[tahrir] Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. v t e Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sevgi&oldid=2085074" dan olindi Turkum: Chala maqolalar Yashirin turkum: Barcha chala maqolalar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari Navigatsiya Shaxsiy uskunalar Siz tizimga kirmagansiz Ushbu IP-manzil munozarasi Qoʻshilgan hissa Hisob yaratish Kirish Nomfazolar Maqola Munozara lotin/кирилл lotin/кирилл lotin кирилл Koʻrinishlar Mutolaa Tahrirlash Tarix More Qidiruv navigatsiya Bosh sahifa Tanlangan maqolalar Yangi sahifalar Tasodifiy maqola Maqolalar indeksi Loyihaga koʻmak Ishtirok Xato haqida xabar berish Yangi oʻzgarishlar Jamoa portali Qoidalar Yordam Forum Aloqa Asboblar Bu yerga ishoratlar Bogʻliq oʻzgarishlar Maxsus sahifalar Doimiy havola Sahifa haqida maʼlumot Sahifadan matn parchasi ajratish Vikimaʼlumotlar bandi Nashr/eksport qilish PDF sifatida yuklash Bosma uchun versiya Boshqa loyihalarda Vikiombor Boshqa tillarda Afrikaans Akan Alemannisch አማርኛ Aragonés Ænglisc العربية الدارجة مصرى অসমীয়া Asturianu Azərbaycanca تۆرکجه Башҡортса Boarisch Žemaitėška Беларуская Беларуская (тарашкевіца)‎ Български বাংলা བོད་ཡིག Brezhoneg Bosanski Буряад Català Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄ Нохчийн کوردی Corsu Čeština Чӑвашла Cymraeg Dansk Deutsch Ελληνικά English Esperanto Español Eesti Euskara Estremeñu فارسی Suomi Français Frysk 贛語 Kriyòl gwiyannen Gàidhlig Galego Avañe'ẽ गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni ગુજરાતી Hausa 客家語/Hak-kâ-ngî עברית हिन्दी Fiji Hindi Hrvatski Kreyòl ayisyen Magyar Հայերեն Interlingua Bahasa Indonesia Igbo Ilokano Íslenska Italiano ᐃᓄᒃᑎᑐᑦ/inuktitut 日本語 Patois Jawa ქართული Қазақша ភាសាខ្មែរ ಕನ್ನಡ 한국어 कॉशुर / کٲشُر Ripoarisch Kurdî Кыргызча Latina Ladino Lëtzebuergesch Limburgs Ligure Lumbaart Lingála Lietuvių Latviešu Македонски മലയാളം Монгол मराठी Bahasa Melayu Malti Mirandés မြန်မာဘာသာ Nāhuatl नेपाली नेपाल भाषा Nederlands Norsk nynorsk Norsk bokmål Occitan ଓଡ଼ିଆ ਪੰਜਾਬੀ Picard Polski Piemontèis پنجابی پښتو Português Runa Simi Română Русский Русиньскый Саха тыла ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ Sardu Sicilianu سنڌي Srpskohrvatski / српскохрватски සිංහල Simple English Slovenčina Slovenščina Soomaaliga Shqip Српски / srpski SiSwati Svenska Kiswahili தமிழ் Тоҷикӣ ไทย Türkmençe Tagalog Türkçe Xitsonga Татарча/tatarça ئۇيغۇرچە / Uyghurche Українська اردو Vepsän kel’ Tiếng Việt Walon Winaray 吴语 მარგალური ייִדיש 中文 文言 Bân-lâm-gú 粵語 Ishoratlarni tahrirla Bu sahifa oxirgi marta 17-Mart 2020, 04:12 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Maxfiylik siyosati Vikipediya haqida Masʼuliyatdan voz kechish Mobil versiya Dasturchilar Statistics Cookie bayonoti