Immanuil Kant - Vikipediya Immanuil Kant Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigation Jump to search Immanuil Kant (22-aprel 1724, Kenigsberg — 12-fevral 1804, oʻsha yerda) — nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770—1796). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi. Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi: 1) tabiiy-ilmiy bosqich (1747—1755) — bu davrda «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755) asarini yozdi, bunda u oʻzining kosmogonik nazariyasini olga surdi (qarang Kant gipotezasi); 2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, … 3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant koʻproq bilish muammolari bilan shugʻullandi. «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1789), «Mulohaza qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostitsizmga moyil. Kant bilish jarayonida «narsa oʻzida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq qiladi. «Narsa oʻzida» — oʻzicha mavjud boʻlgan obʼyektdir. «Biz uchun narsa» — obʼyektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson «narsa oʻzida» (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, yaʼni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostitsizmi inson bilimi aniq tarixiy harakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish obʼyekti boʻla olmasligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega; 4) tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq, pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya (yaʼni harakterologiya)ga oid maʼruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega boʻlavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham boʻladi. Bular tugʻma bilimlardir (masalan, matematika, falsafa). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant oʻz falsafasida bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi. Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning gʻoyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa oʻzlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bogʻladilar. Kant oʻzining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini taʼkidlaydi. U boshqa xalqlar yerlarini bosib olib oʻzini oqlashga urinishni, jinoyat qilib oʻz aybiga iqror boʻlmaslikni, «ajratib tashla va xukmronlik qil» aqidasini axloqqa zid xatti-harakat deb baholaydi. Kantning fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 60-yillarida Kant gʻoyalari asosida neokantchilik vujudga keldi. Abdulla Ayupov.[1] Manbalar[tahrir] ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. v t e Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Immanuil_Kant&oldid=2001428" dan olindi Turkum: Chala maqolalar Yashirin turkum: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari Barcha chala maqolalar Navigatsiya Shaxsiy uskunalar Siz tizimga kirmagansiz Ushbu IP-manzil munozarasi Qoʻshilgan hissa Hisob yaratish Kirish Nomfazolar Maqola Munozara lotin/кирилл lotin/кирилл lotin кирилл Koʻrinishlar Mutolaa Tahrirlash Tarix Yana Qidiruv navigatsiya Bosh sahifa Tanlangan maqolalar Yangi sahifalar Tasodifiy maqola Maqolalar indeksi Loyihaga koʻmak Ishtirok Xato haqida xabar berish Yangi oʻzgarishlar Jamoa portali Qoidalar Yordam Forum Aloqa Asboblar Bu yerga ishoratlar Bogʻliq oʻzgarishlar Maxsus sahifalar Doimiy havola Sahifa haqida maʼlumot Sahifadan matn parchasi ajratish Vikimaʼlumotlar bandi Nashr/eksport qilish PDF sifatida yuklash Bosma uchun versiya Boshqa loyihalarda Vikiombor Boshqa tillarda Afrikaans Alemannisch አማርኛ Aragonés العربية الدارجة مصرى Asturianu Aymar aru Azərbaycanca تۆرکجه Башҡортса Žemaitėška Bikol Central Беларуская Беларуская (тарашкевіца)‎ Български भोजपुरी বাংলা Brezhoneg Bosanski Буряад Català Chavacano de Zamboanga Нохчийн Cebuano کوردی Čeština Чӑвашла Cymraeg Dansk Deutsch Zazaki Ελληνικά Emiliàn e rumagnòl English Esperanto Español Eesti Euskara Estremeñu فارسی Suomi Võro Føroyskt Français Arpetan Nordfriisk Frysk Gaeilge 贛語 Kriyòl gwiyannen Gàidhlig Galego ગુજરાતી עברית हिन्दी Fiji Hindi Hrvatski Magyar Հայերեն Interlingua Bahasa Indonesia Interlingue Ilokano Ido Íslenska Italiano 日本語 Patois Jawa ქართული Qaraqalpaqsha Taqbaylit Kabɩyɛ Қазақша ಕನ್ನಡ 한국어 Kurdî Кыргызча Latina Lëtzebuergesch Лезги Lingua Franca Nova Limburgs Ligure Ladin Lumbaart لۊری شومالی Lietuvių Latviešu मैथिली Malagasy Македонски മലയാളം Монгол मराठी Кырык мары Bahasa Melayu Malti Mirandés မြန်မာဘာသာ Эрзянь Nāhuatl Plattdüütsch नेपाली नेपाल भाषा Nederlands Norsk nynorsk Norsk bokmål Occitan Livvinkarjala ਪੰਜਾਬੀ Polski Piemontèis پنجابی پښتو Português Runa Simi Rumantsch Română Русский Русиньскый Kinyarwanda संस्कृतम् Саха тыла Sardu Sicilianu Scots Srpskohrvatski / српскохрватски Simple English Slovenčina Slovenščina Shqip Српски / srpski Sunda Svenska Kiswahili தமிழ் తెలుగు Тоҷикӣ ไทย Tagalog Tok Pisin Türkçe Татарча/tatarça Українська اردو Vepsän kel’ Tiếng Việt West-Vlams Volapük Winaray 吴语 მარგალური ייִדיש Yorùbá Zeêuws 中文 文言 Bân-lâm-gú 粵語 Ishoratlarni tahrirla Bu sahifa oxirgi marta 2-Avgust 2018, 17:24 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Maxfiylik siyosati Vikipediya haqida Masʼuliyatdan voz kechish Mobil versiya Dasturchilar Statistics Cookie bayonoti